35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Bugun Termiz tuman hokimi Sh.Kalandarov hamda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mutaxassisi K.Abdullayeva tomonidan Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 7-Qahramon saylov okrugi deputati S.Xakimov hududidagi Qahramon MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolardan birining sog‘lig‘i bilan bog‘liq murojaati ko‘rib chiqildi. Murojaat yuzasidan fuqaroning zarur jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilishi, masala tegishli tartibda nazoratga olinishi hamda bu borada zarur ko‘mak berilishi yuzasidan fuqaroga ma’lumot berildi.

Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan boshqa masalalar ham atroflicha o‘rganilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 2