35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida amaliy uchrashuv

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi, deputat J.Ochilov tomonidan Pastdarg‘om tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limiga tashrif amalga oshirildi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad doimiy komissiya hamda mazkur tashkilot o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, Prezident farmon va qarorlari ijrosini samarali tashkil etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuvda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Kelgusida mazkur yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada rivojlantirish va dolzarb masalalarni birgalikda hal etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Slide 1 of 1