35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
PQ-141 ijrosi doirasida amalga oshirilgan asfaltlash ishlari joyida o‘rganildi

PQ-141 ijrosi doirasida amalga oshirilgan asfaltlash ishlari joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mutaxassisi T.Murodov 6-At-Termiziy saylov okrugi deputati B.Umarov saylangan At-Termiziy MFY hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-141-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan asfaltlash ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida asfalt qoplamasi yotqizilgan ichki ko‘chalar ko‘zdan kechirilib, hudud fuqarolari bilan bevosita muloqot qilindi. Suhbat jarayonida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan aholining fikr va mulohazalari tinglanib, yo‘llarning sifati hamda foydalanishdagi qulayliklar haqida fikr almashildi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan mavjud muammolar va takliflar qayd etildi.

Muloqot davomida fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining "Aholi bandligi to‘g‘risida"gi Qonuni mazmun-mohiyati ham tushuntirildi. Mazkur Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 28-aprelda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma'qullangan bo‘lib, aholini ish bilan ta'minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishsizlikning oldini olish va fuqarolarning mehnat qilish huquqlarini kafolatlashga qaratilganligi ta'kidlandi.

Yakunda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi hamda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari deputatlik nazoratida davom ettirilishi qayd etildi.

Slide 1 of 3