35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
📍Ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aholi muammolari o‘rganilmoqda
янв.21
📍 DEPUTAT HAMKOR TASHKILOT BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
янв.21
📍 DEPUTAT YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
📍 SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
📍 DEPUTAT SAYLOVCHILARI BILAN 2-CHORAK YAKUNLARI YUZASIDAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
янв.21
📍 📋 SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANUV O‘TKAZILDI ✅
янв.21
🤝🏭 DEPUTAT VA KORXONA O‘RTASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
янв.21
🏘🔎 KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
🚶‍♂️🏘 DEPUTAT TOMONIDAN KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
Kengash_faoliyati

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengash raisi Abduraim Choriyev namunali xonadonda bo‘ldi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi raisi Abduraim Choriyev 16-Qaldirg'och saylov okrugi, Bandixon tumanining "Qaldirg‘och" mahallasida istiqomat qiluvchi Yaxshiboyev Gulboy xonadonida bo‘lib, tomorqadan samarali foydalanish hamda issiqxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur xonadonda 4 sotix maydonda zamonaviy issiqxona tashkil etilgan bo‘lib, unda pomidor yetishtirilmoqda. Issiqxona faoliyati natijasida birinchi mavsumning o‘zida 15 million so‘m daromad olingani qayd etildi.

Tashrif davomida tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, aholi bandligini ta'minlash, oilalar daromadini oshirish va bu kabi ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Yakunda bunday namunali xonadonlar tajribasini keng targ‘ib etish, tomorqachilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish orqali aholi farovonligini yanada oshirish muhimligi alohida ta'kidlandi.

Slide 1 of 3