35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
📍Ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aholi muammolari o‘rganilmoqda
янв.21
📍 DEPUTAT HAMKOR TASHKILOT BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
янв.21
📍 DEPUTAT YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
📍 SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
📍 DEPUTAT SAYLOVCHILARI BILAN 2-CHORAK YAKUNLARI YUZASIDAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
янв.21
📍 📋 SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANUV O‘TKAZILDI ✅
янв.21
🤝🏭 DEPUTAT VA KORXONA O‘RTASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
янв.21
🏘🔎 KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
🚶‍♂️🏘 DEPUTAT TOMONIDAN KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
Deputat saylovchilarga axborot berdi
O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanisht” demokratik partiyasidan nomzodi ilgari surilib, 12-“Pargos” saylov okrugidan saylangan deputat Aynashova Maqpal Risaliyevna 2026-yilning ikkinchi chorak yakuni bilan amalga oshirgan ishlari yuzasidan tumanning “Pargos” mahallasida saylovchilariga axborot berdi.

Yig‘ilishda “mahalla yettiligi” a’zolari va “Pargos” mahallasi aholi vakillari ishtirok etdilar.

⬇️Yig‘ilishda deputat M.Aynashova tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda va aholining hayotiy muammolarini hal etishda deputatlarning o‘rni, Kengash qarori asosida tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan amalga oshirilayotgan ishlar, tumandagi “Og‘ir toifadagi mahallalar”, “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallalar”, “Chegaraoldi hududlardagi mahallalar”, “Zarbdor tajribasi”, “2026-2028-yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Shuningdek, kun tartibidagi birinchi masala bo‘yicha axborotini berib, o‘tgan davr mobaynida aholidan kelib tushgan murojaatlar, muammolarni hal etish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari, yuborilgan deputat so‘rovlari va erishilgan natijalar yuzasidan axborot berdi. Shu bilan birga, kelgusiga mo‘ljallagan rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Yig‘ilish kun tartibining ikkinchi masalasi bo‘yicha hokim yordamchisi B. Omonov so‘zga chiqib, bugungi kunda deputatlarning o‘rni, hamkorlikda olib borayotgan ishlar, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berdi hamda saylovchilar tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Slide 1 of 3