35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
KUTUBXONA FAOLIYATI VA ADABIYOTLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI

KUTUBXONA FAOLIYATI VA ADABIYOTLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashi kotibiyat mudiri, 19-Xushali saylov okrugi deputati F.Bektemirov, kotibiyat bosh mutaxassisi O‘.Boymurodov hamda tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamkorligida tuman markaziy kutubxonasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida kutubxonaning ish faoliyati, kitob fondining holati, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim oluvchilarni zarur adabiyotlar bilan ta’minlash darajasi atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, zamonaviy va ilmiy adabiyotlar fondini boyitish, elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mutasaddilar tomonidan mavjud holat yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, kutubxona faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda ta’lim oluvchilarning bilim olish jarayonini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Kitob — ma’naviyat va taraqqiyot manbai. Yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiluvchi muhitni yaratish barchamizning ustuvor vazifamizdir.

Slide 1 of 5