35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashi raisi A.Keldiyev, kotibiyat mudiri F.Bektemirov, Ko‘kdala MFY raisi, Viloyat Kengashi deputati U.Julbulov hamda doimiy komissiya a’zolari hamkorlikda tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritiladigan masalalar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish olib bordilar.O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 405-sonli qarorining Ko‘kdala tumanidagi ijrosi atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, Ko‘kdala mahalla fuqarolar yig‘inida “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mahalla faol nuroniylari bilan ochiq muloqot va suhbatlar o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida nuroniylarning jamiyatdagi faolligini yanada oshirish, ularning hayotiy tajribasidan samarali foydalanish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi taklif va mulohazalar tinglandi.

O‘rganish natijalari asosida tegishli takliflar ishlab chiqilib, tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokamaga kiritiladi.                                                                                                                      

Slide 1 of 5