35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
Tepaqo‘rg‘on mahallasida aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #162_ta_eng_muhim_qonun #24_ta_tavsiyaviy_savol

Tepaqo‘rg‘on mahallasida aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "25–Qo‘rg‘on" saylov okrugidan saylangan deputat Xamitova Galina Gennadyevna tomonidan Tepaqo‘rg‘on mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

📁 O‘rganish Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalari asosida amalga oshirilib, hokim yordamchilari tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

📇 Tepaqo‘rg‘on mahallasining umumiy maydoni 3 gektarni tashkil etib, hududda 1 910 ta xonadon, 2 100 ta oila va 5 950 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahallada ijtimoiy reyestrga kiritilgan 68 nafar hamda ishsiz 2 nafar fuqaro mavjud.

↗️ Mahalladagi iqtisodiy faol aholi soni 4 425 nafar bo‘lib, shundan 3 980 nafari band. Rasmiy sektorda 2 950 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan. Doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan, biroq norasmiy faoliyat yuritayotganlar soni 1 030 nafarni tashkil etadi. Shundan 275 nafari erkaklar, 368 nafari ayollar, 387 nafari yoshlardir. Hududda 41 ta savdo korxonasi faoliyat yuritmoqda.

🗂 Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ–31-son qarorida belgilangan mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish vazifalari doirasida amalga oshirildi.

💼 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Avaz Xudayberganov, Kengash kotibiyati mudiri A.Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Abilov ishtirok etdi.

Slide 1 of 6