35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
Veterinariya va chorvachilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan qaror qabul qilindi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Zafar Dovlatov boshchiligida tumanda veterinariya va chorvachilik sohasini yanada rivojlantirish, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash masalalari yuzasidan doimiy komissiya qarori qabul qilindi.

📋 Qaror bilan tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limining hisoboti ma'lumot uchun qabul qilinib, sohada erishilgan ijobiy natijalar, jumladan chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining oshgani, yuqumli kasalliklarga qarshi emlash tadbirlarining tizimli olib borilayotgani hamda naslchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar e'tirof etildi.

✅ Shuningdek, veterinariya xodimlari faoliyati samaradorligini oshirish, chorva mollarini identifikatsiya qilish ishlarini jadallashtirish, chorva bosh sonini ko‘paytirish, qo‘y va echkichilikni rivojlantirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqish, sun'iy urug‘lantirish bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarga to‘liq erishish hamda naslchilik xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas'ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 3