🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, Doimiy komissiya raisi Kalandarov Azamat Shermetovichning o‘ziga biriktirilgan Shovot tumani Yoshlar ishlari agentligida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
👥 Uchrashuvda:
🏛 Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Xurshid Davletov Yo‘ldashevich;
📋 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati xodimi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich;
👨💼 Shovot tumani Yoshlar maslahat guruhi raisi Roximov Ollabergan Zafaro‘g‘li ishtirok etdi.
💬 Uchrashuv davomida yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda davlat dasturlari ijrosini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
🎯 Shuningdek, kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash, yoshlar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning muammolariga amaliy yechim topish yuzasidan kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
🤝 Yoshlar manfaati yo‘lida hamkorlik — taraqqiyot garovi!