#24_ta_masala
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 13-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputati F.Shakarov tomonidan O‘zbekiston mahallasidagi 92-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida o‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniy-ma’rifiy va to‘garak mashg‘ulotlariga keng jalb etish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, maktab rahbariyati bilan dastur ijrosi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda belgilangan tadbirlarni samarali amalga oshirish yuzasidan fikr almashilib, tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|