Новости

Последние новости

янв.21
💧 DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
🏘 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI FAOLIYATIDAN
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
янв.21
Madaniyat mahallasida huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi MTDP deputati, 15-Taraqqiyot saylov okrugi deputati To‘lqin Sa’dullayevich Yaqubov tomonidan Taraqqiyot mahallasida fuqarolar bilan sayyor qabul va joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
🤝 Hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
🎉 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI!
янв.21
🚰 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
🌟 "QUNDUZ" MAHALLASI – 2026-YIL I YARIM YILLIK HISOBOTI
янв.21
🌞 DOLZARB 90 KUN
📋 Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.
Jumladan, Shovot tumani hokimligining Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Saida Nuraddinovna Jumaniyozova tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida "Ayollar daftari"ning 6-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilgan ijtimoiy-iqtisodiy ko‘mak, ajratilgan moddiy yordam hamda ushbu mablag‘larning hududlarda maqsadli va samarali ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashiga 22-Yunus Ayyomiy saylov okrugidan saylangan deputat Polvanova Zebo Omonboyevna ishtirokida saylov okrugi hududidagi Bechchiqir, Madaniyat va Po‘lat mahallalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollarining ish faoliyati, aholi bilan ishlash samaradorligi hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Mazkur o‘rganishlar sessiya kun tartibidagi masalalarni har tomonlama tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2