35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
Mahalla boshqaruvi va deputat mas’uliyati nazoratda: "Majnuntol" mahallasida o‘rganishlar o‘tkazildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovlar shahar Kengashining 22-“Majnuntol” saylov okrugi deputati J.Xamroqulovning okrugiga qarashli “Majnuntol” mahallasida bo‘ldilar va mahalla faollari bilan kengaytirilgan uchrashuv o‘tkazdilar.

💬Yig‘ilishda dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini mahalla miqyosida samarali ta’minlash choralari muhokama qilindi.

💬"Mahalla yettiligi" a’zolarining o‘zaro integratsiyasini kuchaytirish, aholi muammolarini "xonadonbay" aniqlash va ularni qisqa muddatlarda tizimli bartaraf etish bo‘yicha yangi boshqaruv mexanizmlari tahlil qilindi.

💬Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” mezonlari doirasida deputat J.Xamroqulovning hududda amalga oshirayotgan ishlari ko‘rib chiqildi.

💬Murojaat daftari ko‘zdan kechirildi: Deputatning shaxsiy murojaat daftari yuritilishi holati sinchkovlik bilan tahlil qilindi. Unda qayd etilgan aholi murojaatlari, ularning ijro holati hamda mas’ul idoralarga yuborilgan deputatlik so‘rovlarining natijadorligi tahliliy o‘rganildi.

💬"Prezidentimizning PF-116-sonli Farmoni mahalla faoliyatini butunlay yangi sifat bosqichiga olib chiqdi. Deputat J.Xamroqulovning 'murojaat daftari'dagi har bir yozuv ortida inson taqdiri turibdi. Bizning maqsadimiz — mahalla faollari bilan birgalikda har bir muammoni joyida aniqlab, qonuniy va tezkor yechim topishdir," — deya ta'kidladi Kengash raisi.

🫥O‘rganishlar yakunida mahalla xodimlari va deputat o‘rtasidagi kundalik hamkorlikni yanada kuchaytirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi murojaatlari bo‘yicha tezkor choralarni ko‘rish yuzasidan aniq tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2