35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
1-sonli oilaviy poliklinikada tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dehqonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi O‘RQ-265-I-sonli "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan shahardagi 1-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida poliklinika bosh shifokori Z.Xasanjonova ishtirokida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari, yaratilgan sharoitlar hamda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning ijrosi atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, davlat tomonidan ajratilayotgan 24 turdagi bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlanganlik holati, ularning poliklinikada mavjudligi hamda fuqarolarga o‘z vaqtida yetkazib berilishi o‘rganildi.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar va dispanser nazoratida turgan shaxslarning bepul dori vositalari bilan manzilli ta’minlanishi hamda bu boradagi amaliy ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida deputat mas’ul tibbiyot xodimlari va shifokorlar bilan voyaga yetmaganlar o‘rtasida erta tug‘ruqning oldini olish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash hamda profilaktik targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalalari yuzasidan muloqot o‘tkazdi.

Muloqotda, shuningdek, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish, "mahallabay" ishlash tizimi asosida har bir bemorga individual yondashuvni ta’minlash, profilaktik ko‘riklarni samarali tashkil etish hamda birlamchi tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3