35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
Kengash_faoliyati

🌿 Bandixon tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda tuman hokimi o‘rinbosari U. Qulmamatov tomonidan "Paxtakor" mahallasida xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha berilgan tavsiyalar ijrosi o‘rganildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, deputatlarga biriktirilgan qonunlar ijrosi doirasida ishlab chiqilgan savolnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur qonun oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Xususan, mahallada xotin-qizlar uchun zamonaviy tikuvchilik xonasi tashkil etilgani, zarur tikuv mashinalari va jihozlari bilan ta’minlangani hamda qulay mehnat sharoitlari yaratilgani e’tirof etildi. Bu esa xotin-qizlarning kasb egallashi, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishi va oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga keng imkoniyat yaratmoqda.

Mazkur tashabbuslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan xotin-qizlarning mehnat qilish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish va iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga oid ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

O‘rganish yakunida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kengaytirish, qo‘shimcha kasb-hunar o‘quv kurslarini tashkil etish hamda ko‘proq xotin-qizlarni qamrab olish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Qonun ustuvorligi – farovon mahalla va iqtisodiy faol xotin-qizlar sari muhim qadamdir.

Slide 1 of 2