Новости

Последние новости

янв.21
💧 DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
🏘 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI FAOLIYATIDAN
янв.21
Madaniyat mahallasida huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi MTDP deputati, 15-Taraqqiyot saylov okrugi deputati To‘lqin Sa’dullayevich Yaqubov tomonidan Taraqqiyot mahallasida fuqarolar bilan sayyor qabul va joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
🤝 Hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
🎉 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI!
янв.21
🚰 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
🌟 "QUNDUZ" MAHALLASI – 2026-YIL I YARIM YILLIK HISOBOTI
янв.21
🌞 DOLZARB 90 KUN
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

👥 Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi Gayliyev Shamirat Kurbanmiradovich raislik qildi.

📝 Kun tartibida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid ikki muhim masala ko‘rib chiqildi:
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Taxiatosh tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan hududiy davlat organlari va tashkilotlarida aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan axborot tinglandi.

🔹 Shuningdek, Taxiatosh tumani hokimligi ijro intizomi nazorati bo‘linmasi bosh mutaxassisi Z.Saparovaning aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.

💬 Muhokamalar davomida murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, ijro intizomini kuchaytirish hamda fuqarolar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

✅ Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.
 

Slide 1 of 2