Новости

Последние новости

янв.21
💧 DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
🏘 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI FAOLIYATIDAN
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
янв.21
Madaniyat mahallasida huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi MTDP deputati, 15-Taraqqiyot saylov okrugi deputati To‘lqin Sa’dullayevich Yaqubov tomonidan Taraqqiyot mahallasida fuqarolar bilan sayyor qabul va joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
🤝 Hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
🎉 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI!
янв.21
🚰 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
🌟 "QUNDUZ" MAHALLASI – 2026-YIL I YARIM YILLIK HISOBOTI
янв.21
🌞 DOLZARB 90 KUN
Tashabbusli byudjet jarayonlari doirasida mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda xalq vakillari va jamoatchilik uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–243-son, 29.06.2026 y.) qabul qilindi.

Tashabbusli byudjet jarayonlari doirasida mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda xalq vakillari va jamoatchilik uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–243-son, 29.06.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 avgustdan tashabbusli byudjet jarayonida deputatlar tomonidan loyihalarni qo‘shimcha ravishda g‘olib deb e’lon qilish uchun imkoniyatlar yanada kengaytiriladi.

Bunda:
• har bir deputat tomonidan “Ochiq byudjet” axborot portalida (portal) bir mavsum uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida bir yoki bir nechta loyihalar tanlanib, qo‘shimcha ravishda g‘olib deb e’lon qilinadi;

• deputat vakolati muddatidan ilgari tugatilgan hollarda Tashabbusli byudjet jarayonlarida parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha komissiya qaroriga ko‘ra boshqa deputatlar tomonidan tashabbusli byudjet jarayonlarining tegishli saylov okrugidagi qo‘shimcha g‘oliblari aniqlanadi.

2027-yil 1-yanvardan sheriklik loyihalarini qo‘shimcha ravishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, to‘lov tashkilotlari va tijorat banklarining mobil ilovalari orqali moliyalashtirish imkoniyatlari yaratiladi.

Mobil ilovalarda portal bilan integratsiya ta’minlangan holda barcha sheriklik loyihalarining ro‘yxati va tashabbusli byudjet jarayonining onlayn statistikasi aks ettiriladi.

Qiymati BHMning 2000 baravarigacha bo‘lgan ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha sheriklik loyihalarini tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshirish tartibi joriy etiladi.

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi Safarova Dilorom Shaydilovna