Новости

Последние новости

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi
#162_qonun

Bandixon tumanidagi "Obikor" mahallasida deputatlik nazorati doirasida "24 ta eng muhim yo‘nalish" asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 20-"Obikor" saylov okrugi deputati X. Salomov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Qurbonov mahallaga tashrif buyurib, mahalla raisi va "mahalla yettiligi" vakillari bilan uchrashdilar.

✅O‘rganish davomida ijtimoiy xodim faoliyati alohida e’tiborga olinib, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

✅Mazkur faoliyat "Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tashkil etilishi, fuqarolarning ehtiyojini o‘z vaqtida aniqlash va ularga sifatli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.

✅Shuningdek, "mahalla yettiligi"ning o‘zaro hamkorligi, murojaatlar bilan ishlash tizimi, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham o‘rganishlar o‘tkazildi.

✅O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda deputatlik nazoratining samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✅Deputat nazorati – qonunlar ijrosi va fuqarolar manfaatlarini ta’minlashning muhim kafolatidir.

Slide 1 of 1