Новости

Последние новости

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
Uvaysiy saylov okrugi deputati Shoiraxon Madaminova tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi 1-Uvaysiy saylov okrugi deputati Shoiraxon Madaminova tomonidan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–35–V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati, "Ayollar daftari" bilan ishlash tizimi, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallaning ijtimoiy-demografik holati ham o‘rganildi. Hozirgi kunda Uvaysiy mahallasida 4 040 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahallada 1 039 ta xonadon va 1 289 ta oila mavjud. Aholining 2 523 nafari ayollarni tashkil etadi.

O‘rganish jarayonida xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligini yanada oshirish, "Ayollar daftari"da ro‘yxatda turgan fuqarolar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Shuningdek, "Ayollar daftari"da ro‘yxatda turgan 26 nafar xotin-qiz ishtirokida malakali psixolog tomonidan seminar-trening tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga ruhiy salomatlikni mustahkamlash, oiladagi sog‘lom muhitni shakllantirish, shaxsiy rivojlanish va hayotiy ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha zarur tavsiya hamda amaliy maslahatlar berildi.

Mazkur o‘rganishlar mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishni ta'minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4