Новости

Последние новости

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
#deputatlik_faoliyati

#deputatlar nazorati

"Dolzarb 90 kun" dasturi ijrosi deputatlar nazoratida

📍Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikova tomonidan tumanda "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini o'rganish va yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 23-umumta'lim maktabida amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi.

🏀O'rganish davomida maktabda tashkil etilgan sport musobaqalari, ingliz tili to'garaklari faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Mazkur to'garaklarda o'quvchilarning faol ishtiroki, ularning qiziqish va iste'dodlarini rivojlantirish, bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish borasida olib borilayotgan ishlar e'tirof etildi.

❗️Shuningdek, yoshlarni sog'lom turmush tarziga yo'naltirish, ularning bilim va ko'nikmalarini oshirish hamda ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarishga qaratilgan mashg'ulotlarning sifati yuzasidan fikr almashildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Slide 1 of 3