Новости

Последние новости

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
Uy-joy ta’mirlash ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan Kalvak mahalla fuqarolar yig‘inida, A.Umarxon ko‘chasi 277-uyda yashovchi fuqaro R.V.ning xonadonida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, mahalla ijtimoiy xodimi hamda "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktorining o‘rinbosari ishtirok etib, ta’mirlash ishlarining borishi, sifati va belgilangan reja asosida amalga oshirilishi yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, ehtiyojmand fuqaroning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, bajarilgan ishlar hajmi hamda navbatdagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, fuqaroga zarur amaliy yordam ko‘rsatishni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4