Новости

Последние новости

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
Deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi 24-Charog‘on saylov okrugi deputati N.Xasanova tomonidan Charog‘on mahalla fuqarolar yig‘ini hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–35–V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, "Ayollar daftari" bilan ishlash tizimi, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy-demografik holat ham o‘rganildi. Ma’lum qilinishicha, Charog‘on mahallasida 5 137 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahallada 1 046 ta xonadon va 1 702 ta oila mavjud bo‘lib, shundan 2 614 nafari erkaklar, 2 523 nafari ayollarni tashkil etadi.

O‘rganish jarayonida xotin-qizlar faoli faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, ehtiyojmand xotin-qizlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur o‘rganishlar ma
halliy Kengash deputatining nazorat funksiyalarini samarali amalga oshirish, davlat dasturlari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini joylarda ta’minlash hamda fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3