Новости

Последние новости

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #ekspert_guruhi #tavsiyalar
#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#ekspert_guruhi
#tavsiyalar

Bunyodkor MFYdagi yong‘in xavfsizligi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, Kengash kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat mutaxassisi Z. Temirova tomonidan Bunyodkor mahalla fuqarolar yig‘inida yong‘in xavfsizligi holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla binolarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi, elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish holati, favqulodda vaziyatlarda harakatlanish yo‘laklari hamda yong‘inning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aniqlangan holatlar yuzasidan yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy amal qilish, mavjud vositalarni doimiy soz holatda saqlash hamda profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar hududdan saylangan deputat D. Adizova nazoratiga olinib, deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash ishlari mas’ul bosh mutaxassis I.Ikromov tomonidan olib borilmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 4