Новости

Последние новости

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
Mahallada tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 11-"O‘rmonbog‘" saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan "O‘rmonbog‘" mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi Z.Rahimovning faoliyati yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar davomida aholini tadbirkorlikka jalb etish va o‘zini o‘zi band qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi fuqarolarni bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Jumladan, Xoncharbog‘ ko‘chasi 10-uyda yashovchi fuqaro I.Otajonov sartaroshlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun, shuningdek Furqat ko‘chasi 114-uyda yashovchi fuqaro R.Ahmedov o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani ma’lum qilindi.

Fuqarolarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomi orqali yaratilayotgan imkoniyatlar, soliq va boshqa imtiyozlar, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari hamda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2