Новости

Последние новости

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
#huquqiy_axborot_soati #KengashQarori
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2024 yil 30 maydagi VI-76-80-8-121-K/24-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 13 apreldagi KQ–710-IV-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida deputatlar va Kengash kotibiyati xodimlarining xorijiy mamlakatlarga chiqishi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi nizomlar tasdiqlangan.

💬Mazkur qaror bilan deputatlar va kotibiyat xodimlarining xorijga shaxsiy masalalar bo‘yicha chiqish tartibi hamda kotibiyat xodimlarining xorijga chiqish biometrik pasportlarini vaqtincha saqlash tartibi mahalliy Kengash darajasida amalga joriy etilgan.

💬Qaror bilan quyidagi talablar belgilangan:

🟢Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari hamda davlat siri bilan ishlamaydigan kotibiyat xodimlarining xorijga shaxsiy maqsadlarda chiqishi Kengash raisini yozma ravishda xabardor qilish orqali amalga oshirilishi belgilangan.
🟢Kengash raisini xabardor qilmasdan xorijga chiqishga yo‘l qo‘yilmasligi nazarda tutilgan.
🟢Safar davomida boriladigan davlat o‘zgargan taqdirda, bu haqda ham Kengash raisini qo‘shimcha ravishda xabardor qilish tartibi belgilangan.
🟢Davlat siri yoki harbiy sir bo‘lgan ma’lumotlardan xabardor kotibiyat xodimlarining xorijga chiqishi Kengash raisi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi, murojaat esa, qoida tariqasida, kamida 5 kun oldin taqdim etilishi belgilangan.
🟢Bunday xodimlarning xorijga chiqishiga Kengash raisining yozma rezolyusiyasi asos bo‘lishi belgilangan.
🟢Shuningdek, xorijga chiquvchi deputatlar va kotibiyat xodimlariga maxfiylik rejimi hamda xalqaro etiket qoidalariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlarini tashkil etish tartibi ham belgilangan.
💬 Mazkur qaror deputatlar va kotibiyat xodimlarining xorijiy safarlari bilan bog‘liq munosabatlarni yagona tartib asosida tashkil etish, davlat manfaatlari va xavfsizligini ta’minlash hamda xizmat intizomini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🫥Qonunga rioya qilish — mas’uliyatli davlat xizmati va deputatlik faoliyatining muhim mezonidir.