Новости

Последние новости

янв.21
💧 DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
🏘 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI FAOLIYATIDAN
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
янв.21
Madaniyat mahallasida huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
🤝 Hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi MTDP deputati, 15-Taraqqiyot saylov okrugi deputati To‘lqin Sa’dullayevich Yaqubov tomonidan Taraqqiyot mahallasida fuqarolar bilan sayyor qabul va joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
🎉 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI!
янв.21
🚰 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
🚔 SHOVOT TUMANI ICHKI ISHLAR BO‘LIMI
янв.21
🌞 DOLZARB 90 KUN
Bolalar hayoti va salomatligi — eng ustuvor vazifa

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M. Tuychiyeva tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, yong‘in, elektr, sanitariya hamda umumiy xavfsizlik talablariga rioya etilishi holatlari deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirokida 26-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yong‘in va elektr xavfsizligi holati, sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya etilishi hamda muassasadagi umumiy xavfsizlik talablari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, bolalar uchun yanada xavfsiz, sog‘lom va qulay muhit yaratishga qaratilgan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

✅ Bolalar xavfsizligi va salomatligini ta’minlash doimiy e’tibor va nazoratda bo‘ladi. 

Slide 1 of 12