Новости

Последние новости

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
Tepaqul mahallasida qurilish va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi M.Buranov tomonidan 17-saylov okrugiga qarashli Tepaqul mahallasi hududida amalga oshirilayotgan qurilish hamda obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganishda tegishli mas’ul tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etib, hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy infratuzilma obyektlaridagi qurilish jarayonlari, ichki yo‘llar, hududlarni obodonlashtirish, sanitariya holati hamda aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Jarayon davomida qurilish ishlarining sifati, belgilangan loyiha va me’yoriy talablarga muvofiqligi, ishlarning borishi hamda foydalanilayotgan qurilish materiallari yuzasidan batafsil tahlil o‘tkazildi. Shuningdek, obodonlashtirish tadbirlarining samaradorligi va hududning estetik qiyofasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.

O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan deputat M.Buranov mas’ul tashkilotlar rahbarlariga ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish, qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, obodonlashtirish tadbirlarini jadallashtirish hamda bajarilayotgan ishlar ustidan doimiy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Shuningdek, aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani yaratish, qurilish-montaj ishlarini amaldagi qurilish me’yorlari va texnik talablar asosida olib borish hamda hududlarni yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 4