👥 SAYLOVCHILAR BILAN INDIVIDUAL UCHRASHUVLAR O‘TKAZILDI
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 19-Sherobod saylov okrugi deputati A. Choriyev tomonidan saylovchilar bilan individual uchrashuvlar tashkil etildi.
📝 Uchrashuvlar davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiynayotgan dolzarb masalalar joyiga chiqib o‘rganildi.
🤝 Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash, mavjud muammolarga samarali yechim topish hamda ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
⚖️ Shuningdek, uchrashuvlar davomida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 2024-yil 5-avgustdagi №O‘RQ–937-son Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot ishlari ham olib borildi.