Новости

Последние новости

🗣 Deputat tomonidan saylovchilar qabuli o‘tkazildi

📍 O‘zbekiston Respublikasining **“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”**gi Qonuni (O‘RQ–445) ijrosi doirasida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi O‘zLiDeP deputati M.Yaxshimuratova hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan Idaliqal’a mahallasida saylovchilar qabuli o‘tkazildi.
🤝 Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
⚡️ Xususan, mahalla hududida elektr energiyasi ta’minotida tez-tez uzilishlar kuzatilayotgani hamda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
📝 Murojaatlar belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, ularni ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik nazorati asosida yuborish hamda ijrosini nazoratga olish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
✅ Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va qonuniy yechim topishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6