Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati E.Nazarov tashabbusi bilan Yangiqishloq mahallasidagi kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan fuqaro SH.Shakirova Maqsuda xonadoniga tashrif buyurilib, Qurbon hayiti munosabati bilan bayram hadiyalari topshirildi.
Mazkur xayrli tadbir orqali ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning holidan xabar olish hamda bayram kunlarida mehr-oqibat va insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Tashrif davomida xonadon ahli bilan samimiy muloqot qilinib, ularning muammo va takliflari o‘rganildi. Bunday ezgu ishlar aholi o‘rtasida ijtimoiy hamjihatlikni kuchaytirish, saxovat va bag‘rikenglik fazilatlarini yana-da yuksaltirishga xizmat qilmoqda.