Новости

Последние новости

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
#deputatlik_faoliyati

#deputatlik_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Alisher Turdiyev Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboyev bilan birgalikda mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlar va bolalar uchun yaratilgan sport infratuzilmasi holatini o‘rgandi. O‘rganish davomida sport maydonchalari, trenajyorlar, bolalar o‘yingohlari hamda mavjud sport jihozlarining texnik holati, ulardan foydalanish darajasi va fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan joylarda aniqlangan kamchiliklar, sport inshootlarini ta’mirlash, eskirgan jihozlarni yangilash hamda aholining ommaviy sport bilan shug‘ullanishi uchun qulay shart-sharoitlarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mahalla faollari va fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar va takliflar o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.

Slide 1 of 5