Новости

Последние новости

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
#so'nggi qo'ng'iroq
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” — katta hayot sari muhim qadam

Bugun, 25-may kuni mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida 2025–2026-o‘quv yili yakunlanib, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

✅ Shu munosabat bilan Nurafshon shahridagi 57-son umumta’lim maktabida ham bitiruvchilar uchun tantanali bayram dasturi tashkil etildi. Tadbirda Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov ishtirok etib, bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan yo‘llangan tabrikni o‘qib eshittirdi.

Shuningdek, o‘quv yili davomida bilimga chanqoqligi, izlanuvchanligi hamda faolligi bilan ajralib turgan o‘qituvchi va o‘quvchilar “Ta’lim iftixori” nominatsiyasi hamda “Nurafshon shahar hokimi stipendiyasi” bilan taqdirlandi. G‘oliblarga mos ravishda 7 million va 5 million so‘mlik pul mukofotlari topshirildi.

✅ 2025–2026-o‘quv yilida Nurafshon shahridagi 13 ta umumta’lim maktabining 9-sinfini 871 nafar o‘quvchi tamomlamoqda. Shundan 22 nafari a’lo darajadagi shahodatnomaga sazovor bo‘ldi. 11-sinfni esa 649 nafar bitiruvchi yakunlamoqda. Ulardan 16 nafari oltin medal, 2 nafari kumush medal bilan maktabni bitirmoqda. Qolaversa, 12 nafar bitiruvchi muddatidan oldin talabalik baxtiga muyassar bo‘ldi.

Tadbir davomida erishilgan natijalar alohida e’tirof etilib, bitiruvchi yoshlarga kelgusi hayot yo‘lida omad, ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilandi.
Slide 1 of 7