Новости

Последние новости

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
#sesssiya


Sessiya — mas'ullar hisobotlari va istiqbolli rejalar

Bugun Nurafshon shahri hayotida muhim o‘rin tutuvchi Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi 20-sessiyasi bo'lib o'tdi. Unda deputatlar tomonidan shaharning bugungi holati, istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari hamda aholi manfaatlariga daxldor dolzarb masalalar keng muhokama qilinib, mas'ullarning quyidagi yo'nalishlardagi hisobotlari tinglandi.

✔️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-325-V sonli qarori ijrosi;

✔️“Olmazor tajribasi” asosida markazlar va yirik mahallalarda yangi yondashuvlar asosida tashkil etilgan loyiha ofislarining natijadorligini oshirish yo'nalishidagi ishlar;

✔️Aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, “Qarshi shahri tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan vazifalar;

✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-sonli qarori ijrosi;

✔️“Besh tashabbus olimpiadasi” shahar bosqichini yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish;

✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-343-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2026-yil birinchi chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar;

✔️Xalq deputatlari shahar Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalalari.

❗️Sessiyada deputatlar tomonidan kun tartibidagi har bir masala chuqur tahlil qilindi hamda bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, hududni yanada rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash hamda islohotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 4