Новости

Последние новости

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
Yoshlar tashabbuslari va dolzarb masalalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi H.Karayeva hamda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolovlar hamkorligida Xalq deputatlari Jondor tumani  Kengashi huzuridagi "Yoshlar maslahat guruhi" a’zolari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
⚡️Yig‘ilishda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirishga qaratilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
⚡️Shuningdek, "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida tashkil etilayotgan tadbirlarda yoshlar maslahat guruhi a’zolarining ishtirokini kuchaytirish, mahallalardagi yoshlar muammolarini o‘rganish va ularning takliflarini tuman Kengashi muhokamasiga kiritish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
⚡️Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, maslahat guruhining kelgusidagi faoliyati rejalari belgilab olindi.
⚡️Yig‘ilish ochiq muloqot ruhida o‘tib, yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga keng jalb etish borasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4