Новости

Последние новости

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
Navoiy shahrida “yo‘l xaritalari” ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Navoiy shahrida “yo‘l xaritalari” ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar asosida ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Navoiy shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda ularning ijrosi ustidan samarali nazoratni amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan nazorat-rejaga muvofiq o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur nazorat tadbirlari doirasida Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D. Toirovlar tomonidan “Yangi Ariq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangi qurib bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan bino holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida bino qurilish sifati, uning loyiha hujjatlariga muvofiqligi hamda obyektning aholiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, bino atrofida yaratilgan infratuzilma holati ham tahlil qilindi.

O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Mazkur o‘rganish ishlari “yo‘l xaritalari” ijrosini ta’minlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholiga munosib yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6