👥 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati M.Ro‘zmetov hamda Kengash kotibiyati mudiri I.Masharipov tomonidan tumandagi "Gulshan" bolalar oromgohida olib borilayotgan faoliyat o‘rganildi.
🏕 O‘rganish davomida oromgohda 80 nafar bola yozgi dam olish va sog‘lomlashtirish tadbirlariga qamrab olingani, ular uchun xavfsiz, mazmunli hamda maroqli dam olish sharoitlari yaratilgani bilan yaqindan tanishildi.
🎨 Bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy to‘garaklar va tarbiyaviy mashg‘ulotlarning sifatli tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Shuningdek, yosh avlodning sog‘lom, bilimli va vatanparvar bo‘lib voyaga yetishini ta’minlash, ularning yozgi ta’tilini mazmunli o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
🇺🇿 Yoshlar manfaatlarini ta’minlash va ularning barkamol kamol topishi yo‘lidagi amaliy ishlar izchil davom etmoqda! 🌟