Новости

Последние новости

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
98-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

O‘rganish ishlari deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida olib borilib, yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport, ijodiy, intellektual va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning yo‘lga qo‘yilgani ko‘rib chiqildi.

Mazkur jarayon “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.
O‘rganish davomida maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, yozgi mashg‘ulotlarning mazmuni, bolalarning xavfsizligi, sog‘lomlashtirish va tarbiyaviy ishlarning tashkil etilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan yozgi ta’til davrida o‘quvchilarni nazoratsiz qoldirmaslik, ularning qiziqish va iste’dodlarini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini samarali tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

✅ Yunusobod tumanida yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli, xavfsiz va samarali tashkil etish bo‘yicha deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4