Новости

Последние новости

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan Yuksalish mahalla fuqarolar yig‘inida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligini o‘rganishga qaratilgan monitoring o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash jarayonlari atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, fuqarolar bilan bevosita muloqot tashkil etilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Ayrim fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar tegishli mutasaddilar nazoratiga olindi.Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar deputatning "Ko‘cha aylanish daftari"ga kiritilib, ularning ijrosi yuzasidan mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda nazorat o‘rnatilishi ta'kidlandi.

Bundan tashqari, ijtimoiy himoya, nafaqa va moddiy yordam olish tartibi yuzasidan fuqarolarga amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Mazkur o‘rganishlar aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolar murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish yo‘lidagi muhim amaliy ishlardan biri bo‘ldi.

Slide 1 of 5