Новости

Последние новости

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
#tavsiyalar_asosida #qonunlar_ijrosi_nazorati
#tavsiyalar_asosida
#qonunlar_ijrosi_nazorati

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari I. Ikromov va Z. Temirovalar tomonidan “Istiqlol” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati hamda deputat D. Arabovaga biriktirilgan qonunlar ijrosining amaldagi holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari talablarining joylarda to‘liq va samarali ijro etilishiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, gender tengligini ta’minlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish hamda huquqiy targ‘ibot ishlarining samaradorligi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

Nazorat tadbiri yakunida qonun hujjatlari ijrosini yanada kuchaytirish, mahallalarda xotin-qizlar bilan manzilli ishlash tizimini takomillashtirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Qonunlar ijrosini ta'minlash ustidan deputatlik nazoratini izchil davom ettirish muhim vazifa ekani ta'kidlandi.


Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 3