Новости

Последние новости

янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 1-SON OILAVIY POLIKLINIKADA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Tuman Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
📌 SAVDO SHOHOBCHALARIDAGI NARX-NAVOLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 16-saylov okrugidan saylangan deputat hududdagi madaniyat saroyi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI: AHOLINI SUYULTIRILGAN GAZ BILAN TA’MINLASH MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🚧 MEVAZOR MAHALLASIDAGI MUAMMOLI YO‘L O‘RGANILDI
Dastur bajarilishi nazoratda

📍 Qo‘shko‘pir tumanida yangi bolalar poliklinikasi qurilishi deputatlik nazoratiga olindi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Anvar Jumaniyozov hamda Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sarabibi Matyaqubova tomonidan Qo‘shko‘pir tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash, hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini manzilli o‘rganish va ularning sifatli bajarilishi ustidan samarali deputatlik nazoratini olib borish maqsadida Qo‘shko‘pir tumani tibbiyot birlashmasi hududida yangidan barpo etilayotgan bolalar poliklinikasi binosi qurilishining borishi o‘rganildi.
O‘rganish davomida qurilish ishlari holati, obyektning loyiha asosida va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda kelgusida aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirishga qaratilgan jihatlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Ta’kidlanganidek, aholi salomatligini mustahkamlash, ayniqsa, bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va zamonaviy tibbiyot infratuzilmasini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois mazkur obyekt qurilishining sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi deputatlik nazoratida bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan muntazam monitoring ishlari davom ettiriladi.
✅ Fuqarolarning munosib hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ijtimoiy soha obyektlarini rivojlantirish hamda hududlarda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini ta’minlash deputatlik faoliyatining muhim vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
 

Slide 1 of 1