Новости

Последние новости

янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 1-SON OILAVIY POLIKLINIKADA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Tuman Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
📌 SAVDO SHOHOBCHALARIDAGI NARX-NAVOLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 16-saylov okrugidan saylangan deputat hududdagi madaniyat saroyi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI: AHOLINI SUYULTIRILGAN GAZ BILAN TA’MINLASH MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🚧 MEVAZOR MAHALLASIDAGI MUAMMOLI YO‘L O‘RGANILDI
Aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi Rahimjon Ziyayev tomonidan fuqarolarning murojaatlari muntazam ravishda ko‘rib chiqilmoqda.

Navbatdagi qabul davomida Andijon shahridagi “Erkin” MFYda yashovchi bir guruh fuqarolar mahalla ichki ko‘chalarini asfaltlashtirish masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Murojaat Andijon shahar hokimligi mas’ul mutaxassisi ishtirokida o‘rganilib, mazkur ko‘chalarni asfaltlashtirish ishlari belgilangan tartibda manzilli ro‘yxatga kiritilgan holda amalga oshirilishi yuzasidan tushuntirish berildi.

Fuqarolarning murojaatlari doimiy e’tiborda bo‘lib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Slide 1 of 3