Новости

Последние новости

янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 1-SON OILAVIY POLIKLINIKADA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Tuman Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
📌 SAVDO SHOHOBCHALARIDAGI NARX-NAVOLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 16-saylov okrugidan saylangan deputat hududdagi madaniyat saroyi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI: AHOLINI SUYULTIRILGAN GAZ BILAN TA’MINLASH MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🚧 MEVAZOR MAHALLASIDAGI MUAMMOLI YO‘L O‘RGANILDI
Boshquduq mahallasida ijtimoiy masalalar va qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati D.Xushvaqtov tumandagi Boshquduq mahallasida mahalla yettiligi hamda mahalladagi nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

✅Uchrashuv davomida mahalla aholisini qiynab kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, infratuzilma holati, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar sifati hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar tinglanib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

⚡️ Shuningdek, deputat tomonidan mahallada O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-415-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

✏️O‘rganish jarayonida keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, ularga yaratilgan shart-sharoitlar, davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va yordamlarning manzilliligi, shuningdek, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish holati atroflicha tahlil qilindi.

💬Bundan tashqari, mahallada yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning muammolari o‘rganilib, ularni hal etish, zarur ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish va qonunda belgilangan kafolatlarning to‘liq ta’minlanishi yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralarni ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

📍Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar nazoratga olinib, ularning ijobiy yechim topishini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash hamda qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

✅Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan joylarda aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning muammolarini o‘rganish hamda amaldagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3