Новости

Последние новости

янв.21
🌳🌿 Istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat nazoratida 🌿🌳
янв.21
🎥Deputat faoliyati va tumandagi islohotlar e’tibor markazida
янв.21
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
🗑🌿 Chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏗🏫 1-son DMTTda qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
🏘🌳 Yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
📚🏫 4-son DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
📍 SHOVOT TUMANIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
✅ Shovot tumani Kengashi qarori (qisqa va chiroyli)
янв.21
📌 Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova hamda “Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli hamkorligida Axborot-kutubxona markazida xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqot davomida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘qitish, oilaviy muammolarni hal etish hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda xotin-qizlar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Davlatimiz tomonidan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va turmush farovonligini oshirishga qaratilgan dasturlar hamda mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Muloqot jarayonida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va faolligini yanada oshirish, ularni kitobxonlikka keng jalb etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan takliflar kelgusidagi ishlar rejasini shakllantirishda inobatga olinishi hamda mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3