Новости

Последние новости

янв.21
🌳🌿 Istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat nazoratida 🌿🌳
янв.21
🎥Deputat faoliyati va tumandagi islohotlar e’tibor markazida
янв.21
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
🗑🌿 Chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏗🏫 1-son DMTTda qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
🏘🌳 Yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
📚🏫 4-son DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
📍 SHOVOT TUMANIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
✅ Shovot tumani Kengashi qarori (qisqa va chiroyli)
янв.21
📌 Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi raisi U.Salimov hamda tuman Kengashining 15-“Istiqlol” saylov okrugidan saylangan deputati U.Xudoyqulov tomonidan tuman 2-son texnikumida yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida muassasaning ma’muriyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Xususan, kutubxona faoliyati, kitob fondining saqlanish holati, o‘quvchilar va pedagoglarning ilmiy-ma’rifiy adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi. Kitoblar fondini boyitish, elektron resurslardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, muassasa hududidagi sport zali va sport inshootlarining holati ham ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar davomida sport zalining moddiy-texnik bazasi, sport jihozlari bilan ta’minlanganlik darajasi, o‘quvchilar uchun yaratilgan xavfsizlik sharoitlari hamda bino va inshootlarning texnik holati tahlil qilindi. Ayrim joylarda ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari zarurligi qayd etilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, ta’lim muassasasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport va kitobxonlikka keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

Slide 1 of 3