Новости

Последние новости

янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 1-SON OILAVIY POLIKLINIKADA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Tuman Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
📌 SAVDO SHOHOBCHALARIDAGI NARX-NAVOLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 16-saylov okrugidan saylangan deputat hududdagi madaniyat saroyi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI: AHOLINI SUYULTIRILGAN GAZ BILAN TA’MINLASH MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🚧 MEVAZOR MAHALLASIDAGI MUAMMOLI YO‘L O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 22-sessiyasi davom etmoqda

Jumladan, quyidagi masalalar muhokama qilinmoqda:

🔹 Termiz shahrida “Olmazor tumani tajribasi” asosida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasini tasdiqlash hamda hokim yordamchilarini loyiha guruhlariga biriktirish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida.
Mazkur loyiha orqali mahallalarning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish, yangi biznes loyihalarni amalga oshirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlarni hayotga tatbiq etish ko‘zda tutilgan.

🔹 Termiz shahar mahalliy budjetining 2026-yil II chorak aprel va may oylarida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan mahalliy budjetga tushgan qo‘shimcha mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida.

Ushbu masala doirasida budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan ko‘p kvartirali uylar hududlarini obodonlashtirish, yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarini joriy etish, qabriston hududlarini tartibga keltirish hamda shahar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni moliyalashtirish nazarda tutilmoqda.

🔹 “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

Mazkur qaror loyihasiga ko‘ra, “Besh muhim tashabbus” doirasida 2026-yil may–iyun oylarida o‘tkazilgan tanlov va musobaqalarning shahar bosqichida g‘olib bo‘lgan yoshlarni qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirish, yoshlarning intellektual, ijodiy va sport salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

Slide 1 of 2