Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati xodimi U.Ruzmetov, “Madad” NNT Huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi O.Ataxanov hamda tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari bilan hamkorlikda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🤝 Uchrashuv davomida fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning murojaatlariga huquqiy yechim topishda ko‘maklashish hamda amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyatini tushuntirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⚖️ Shuningdek, fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berilib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tushuntirishlar taqdim etildi. Murojaatchilarning mehnat, ijtimoiy himoya, mulk huquqi, tadbirkorlik faoliyati va boshqa yo‘nalishlardagi savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
📝 Uchrashuv davomida kelib tushgan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar joyida hal etildi hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olindi.
✅ Aholiga sifatli va bepul huquqiy yordam ko‘rsatish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi
Telegram | Web-sayt | Facebook | You tube