Новости

Последние новости

янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 1-SON OILAVIY POLIKLINIKADA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Tuman Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
📌 SAVDO SHOHOBCHALARIDAGI NARX-NAVOLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 16-saylov okrugidan saylangan deputat hududdagi madaniyat saroyi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI: AHOLINI SUYULTIRILGAN GAZ BILAN TA’MINLASH MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🚧 MEVAZOR MAHALLASIDAGI MUAMMOLI YO‘L O‘RGANILDI
Navbatdagi sessiya kun tartibida: Uzun tumanida “Mahalla budjeti” tizimining ijrosi deputatlar va ekspertlar nigohida

Navbatdagi sessiya kun tartibida: Uzun tumanida “Mahalla budjeti” tizimining ijrosi deputatlar va ekspertlar nigohida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli Farmoniga muvofiq, yurtimizda mahallalarning moliyaviy mustaqilligini oshirish borasida mutlaqo yangi tizim — “Mahalla budjeti” joriy etilmoqda. Mazkur tizimga koʻra, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari tushumlarining 10 foizi toʻgʻridan-toʻgʻri mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmalariga yoʻnaltirilmoqda.

Ushbu islohotlarning Uzun tumanidagi amaliy ijrosi, tushumlarning shakllanishi va maqsadli sarflanishini tahlil qilish maqsadida maxsus ishchi guruhi tuzilgan edi.

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputatlari, Kengash kotibiyati mutaxassislari hamda OʻzLiDeP tuman Kengashi rahbariyati ishtirokidagi ishchi guruh tumanning “Malandiyon” mahallasida boʻlib, keng koʻlamli oʻrganish ishlarini olib bordi.

Oʻrganish davomida quyidagilarga asosiy eʼtibor qaratildi:

Mahallada mol-mulk va yer soliqlari tushumlarining haqiqiy ahvoli;
Shakllangan mablagʻlarning mahalladagi eng dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni (ichki yoʻllar, chiroqlar, ijtimoiy obyektlar.
“Mahalla budjeti” mablagʻlarini sarflashda ochiqlik va jamoatchilik nazoratining taʼminlangani

“Malandiyon” mahallasida oʻtkazilgan ushbu tahliliy oʻrganish natijalari va aniqlangan xulosalar umumlashtirilib, Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritiladi. Sessiyada tizimni yanada samarali tashkil etish va mahallalarning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha muhim qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.