Новости

Последние новости

🌳🌿 Deputat so‘rovi asosida hudud obodonlashtiriladi

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Faxriddin Navruzov tomonidan Shovot tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga deputat so‘rovi yuborildi.
🔍 O‘rganishlar davomida tuman markazidagi ayrim ko‘chalarda daraxtlarning qurib qolgani hamda qurigan shox-shabbalar o‘z vaqtida olib tashlanmagani aniqlandi.
🌱 Mazkur holatni bartaraf etish maqsadida markaziy va asosiy ko‘chalardagi qurigan daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish, ularni belgilangan tartibda olib tashlash hamda o‘rniga yangi ko‘chatlar ekish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish so‘raldi.
🌳 Bu kabi tashabbuslar hududlarning yanada obod, ekologik toza va xavfsiz bo‘lishiga xizmat qiladi.
📌 Deputat so‘roviga amaldagi qonunchilikka muvofiq 10 kun muddatda yozma javob taqdim etilishi belgilangan.
📌 Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram | Web-sayt | Facebook | You tube