Новости

Последние новости

янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 1-SON OILAVIY POLIKLINIKADA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Tuman Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
📌 SAVDO SHOHOBCHALARIDAGI NARX-NAVOLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 16-saylov okrugidan saylangan deputat hududdagi madaniyat saroyi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI: AHOLINI SUYULTIRILGAN GAZ BILAN TA’MINLASH MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🚧 MEVAZOR MAHALLASIDAGI MUAMMOLI YO‘L O‘RGANILDI
“Fuqarolar tashabbusi” loyihalari ijrosi yuzasidan monitoring olib borildi

“Fuqarolar tashabbusi” loyihalari ijrosi yuzasidan monitoring olib borildi

Mazkur nazorat-o‘rganish tadbirlari Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov, Termiz tumani markazlashgan moliya bugalteriya bosh hisobchisi A. Ibragimov hamda maxsus ta'mirlash eksplantatsiya boshlig‘i I.Norqobilov bilan birgalikda amalga oshirildi.

Monitoring Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining VII-17-58-8-117-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan hamda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan “g‘olib” loyihalarni amalga oshirish jarayonini o‘rganishga qaratildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida ishlar tashkil etildi.

Monitoring davomida 2026-yil 1-bosqichida “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilayotgan loyihalarning amalga oshirilish holati joyiga chiqib o‘rganildi.

Xususan, Termiz tumani Quyoshli yurt hamda Termiz MFYdagi 35 va 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi va jarayonning holati tahlil qilindi.

Slide 1 of 7