Новости

Последние новости

янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 1-SON OILAVIY POLIKLINIKADA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Tuman Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
📌 SAVDO SHOHOBCHALARIDAGI NARX-NAVOLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 16-saylov okrugidan saylangan deputat hududdagi madaniyat saroyi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI: AHOLINI SUYULTIRILGAN GAZ BILAN TA’MINLASH MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🚧 MEVAZOR MAHALLASIDAGI MUAMMOLI YO‘L O‘RGANILDI
Mahallada jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining 11-“Turkiston” saylov okrugi deputati O‘zLiDeP a’zosi E.Abduraxmonov, 12-Samarqand” saylov okrugi
deputati “Adolat” SDP a’zosi G.Abdullayeva shahar kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Abdunazarov bilan “Turkiston” mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlili o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvar kunidagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli
ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2-qaroriga asosan “Turkiston” mahallasi “og‘ir toifa” ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida “og‘ir toifa”dan chiqish yo‘nalishda bir qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, deputatlar ishtirokida profliktika inspektori bilan birgalikda oilaviy nizo holatlari o‘rganilib, fuqarolarga qonunga qat’iy amal qilish, o‘zaro nizo va kelishmovchiliklar oqibatida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan holatlardan ehtiyot bo‘lishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. “Mahalla еttiligi” bilan
hamkorlikdagi ishlar natijasida “Turkiston” mahallasi “og‘ir toifa”dan “yashil toifa”ga o‘tish choralari ko‘rilmoqda. 

Slide 1 of 3